McDonald's Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushini sotmoqda

McDonald's Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushini sotmoqda
McDonald's Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushini sotmoqda

AQShning McDonald's korporatsiyasi o‘zining Yaponiyadagi bo‘limidagi ulushiga xaridor qidirmoqda. Bu haqda "The Wall Street Journal" nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, korporatsiyaning investorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan McDonald's Holdings (Japan) bo‘limidagi ulushi 33 foizgachani tashkil qiladi. Bu ulushni sotib olishga ariza berish muddati keyingi haftada yakunlanadi.

AQSh korporatsiyasiga Yaponiyadagi bo‘limining deyarli yarim aksiyasi tegishli. Uning kapitallashuvi 3,5 mlrd dollarga baholanadi.

Avvalroq McDonald's Xitoydagi operatsion biznesining 80 foizini Citic va Carlyle Group kompaniyalar konsorsiumiga sotishi ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar