«Megafon» aksiyadorlari 740 mln dollar evaziga Mail.Ru Group qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish rejasini tasdiqlashdi. Shu bilan mobil aloqa operatori 15,2 foiz aksiyadorlik sarmoyasi va kompaniyaning 63,8 foiz ovoziga ega bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Ovoz berish chog‘ida «Megafon»ning 25,17 foiz aksiyasiga egalik qiladigan Telia Company hamda 3,92 foiz g‘aznachilik aksiyalariga ega operatorning o‘zi ishtirok etgan. «Megafon»ning yirik aksiyadori Alisher Usmonov va hamkorlarining USM Group guruhi ushbu bitimdan manfaatdor bo‘lgani sababli ovoz berishda ishtirok etmagan.
«Megafon» Mail.Ru Group guruhining USM guruhiga kiruvchi — New Media and Technology Investment, New Media Technologies Capital Partners va Ardoe Finance’larga tegishli hissalarini xarid qilishni xohlamoqda. Operator shu maqsadda 640 mln dollar sarflashni rejalashtirgan. Bitim amalga oshirilgandan so‘ng bir yil o‘tgach, yana 100 mln dollar beriladi.
Mazkur kelishuvni amalga oshirish uchun uni Rossiya Federal monopoliyaga qarshi kurash xizmati tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Ma’muriyat rahbari Igor Artemevga ko‘ra, u bitimga to‘sqinlik qiladigan jihatlarni ko‘rmayapti.
Mail.Ru Group va «Megafon» allaqachon birgalikda mahsulotlar ishlab chiqarish borasida kelishib olgan. Masalan, Yota virtual operatori negizida «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari uchun VK Mobile loyihasi ishga tushiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi