O‘zbekistonda yaqin orada investisiyalar jalb qilish borasida yangi qonun qabul qilinadi. Bu haqida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan media-haftaligida respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Anvar Ikromov xabar qildi, deya yozadi Sputnik nashri.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu tashabbus O‘zbekistonning 2021 yilga qadar rivojlanish strategiyasiga doirasida amalga oshiriladi.
"Hozir O‘zbekistonda investisiyalar haqida uchta turli qonun amal qilmoqda. Bular chet el investisiyalari, investisiya faoliyati va chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlardir. Ushbu uchchala qonun qayta ko‘rib chiqilib investisiyalar haqidagi yagona qonunga mujassamlashtiriladi. Shunday yo‘l bilan biz chet el va mahalliy investisiyalarni jalb qilish qoidalarini yagona tartibga keltirib, ushbu sohada ko‘proq samaraga erishamiz”, — deb izoh berdi investisiyalar haqida qabul qilinadigan yangi qonunga SSP raisi Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil O‘zbekiston iqtisodiyotiga 16,6 milliard dollardan ortiq investisiyalar kiritilgan edi. Ushbu investisiyalar yordamida 164 ta yirik loyiha amalga oshirildi.
Undan tashqari, O‘zbekiston yaqin besh yil ichida Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki va Islom Taraqqiyot bankidan yana 8 mlrd dollarga yaqin kredit olishni rejalashtirigan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi