Shaffoflikning yangi bosqichi: Har bir soliq so‘mi xarajati ma’lum bo‘ladi!

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish209
Shaffoflikning yangi bosqichi: Har bir soliq so‘mi xarajati ma’lum bo‘ladi!

Byudjetga ochiq nazorat

O‘zbekistonda byudjet shaffofligini oshirish va fuqarolarning moliyaviy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning daromad, yer va mol-mulk soliqlaridan tushgan mablag‘larning qay tarzda sarflangani bo‘yicha doimiy axborot beriladi.

“Ochiq byudjet”dagi yangi modul

2026 yildan boshlab, “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) portalida “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” deb nomlanuvchi maxsus modul ishga tushiriladi. Ushbu mexanizm yordamida har bir fuqaro muayyan davrda o‘zi to‘lagan uch turdagi soliq (daromad, yer va mol-mulk) haqidagi aniq ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Eng muhimi, ularning to‘lovi hisobiga davlat byudjetidan amalga oshirilgan xarajatlarining yo‘nalishlar kesimidagi tafsilotlari doimiy e’lon qilinadi. Bu, soliq to‘lovchilar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan jiddiy qadamdir.

Moliyaviy ko‘lam

Ma’lumot uchun, ushbu uch turdagi soliqlardan tushumlar konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlarining qariyb 12 foizini tashkil etadi. 2025 yilning birinchi yarm yilligida davlat g‘aznasi daromadlari 144,2 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shuning 20 foizi aynan mazkur uch turdagi soliq hisobiga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, jismoniy shaxslardan olingan daromad solig‘i 19,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?