11:23 / 30.01.2017
6 902

O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» banki ochilmoqda

O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» banki ochilmoqda

O‘zbekistonda yangi bank - «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki tashkil etiladi. Bu Prezidentning 24 yanvardagi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan (hujjat matni Lex.uz saytiga joylashtirilgan)b deb yozadi kun.uz sayti.

Bank tashkil etilishidan maqsad — eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining epksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat hisoblanadi.

Bankning boshlang‘ich ustav kapitali 10 mln evro. O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (7,5 mln evro, 75 foiz), «O‘zbekinvest» kompaniyasi (1 mln evro, 10 foiz), «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat SK» (500 ming evrodan yoki 5 foizdan) bankning muassislari hisoblanadi.

2020 yilga qadar «O‘zagroeksportbank» 15 foizdan kam bo‘lmagan ulush bilan strategik xorijiy investorlarni ustav kapitaliga jalb etishi lozim bo‘ladi.

Yangi bank va uning filiallari ro‘yxatga olingan sanadan 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi va bo‘shayotgan mablag‘lar bankning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» banki ochilmoqda