
Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘sishi sur’atlari 2017 yilda 6,5 foiz yoki undan ko‘proqqa etadi, bu esa oxirgi vaqtda mamlakat uchun eng yomon ko‘rsatkich bo‘ladi, deb yozmoqda Kun nashri.
"YaIM taxminan 6,5 foizga o‘sadi, biroq biz amalda yaxshiroq natijaga erishishga harakat qilamiz", deb aytildi Xitoyning islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi ma’ruzasida.
Avvalroq Xitoyning YaIM o‘sish sur’atlari 2016 yilda 6,7 foizni tashkil qilgani ma’lum qilingandi. 2015 yilda esa bu ko‘rsatkich 6,9 foiz darajasida bo‘lgan.
Shu bilan birga 2017 yilda Xitoy davlat byudjeti defisiti YaIMning 3 foizini tashkil qiladi.
Pul hisobida bu 2,38 trln yuanni (346 mlrd dollarni) tashkil qiladi. Bu esa 2016 yilgi shu ko‘rsatkichdan 200 mlrd yuanga ko‘proqdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar