12:36 / 14.03.2017
7 631

O‘zbekistonda yana uchta sement zavodi barpo etiladi

O‘zbekistonda yana uchta sement zavodi barpo etiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Evrosement" kompaniyasi bilan qator loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi. Bu masala Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyevning Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan muzokaralari chog‘ida ham e’tibordan chetda qolmagan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 3ta zavodni barpo etish rejalashtirilmoqda. Xabar qilinishicha, shu maqsadda 330 mln dollar miqdorida sarmoya o‘zlashtiriladi. Yaqin orada mazkur loyihalar bo‘yicha hamkorlikka doir anglashuv memorandumini imzolash kutilmoqda, deb yozmoqda Kun nashri.

Eslatib o‘tamiz, “Evrosement” hozirda ham O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. U 2006 yilda avgustida Shveysariyaning Zeromax GmbH kompaniyasidan “Ohangaronsement”ning 75,6 foiz aksiyasini xarid qilgan edi. Hozirda kompaniya “Ohangaronsement”ning 83,92 aksiyasiga egalik qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yana uchta sement zavodi barpo etiladi