Yaqinda imzolanishi kutilayotgan prezident qarori loyihasiga binoan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,88 mlrd $ bo‘lgan beshta quyosh elektr stansiyasi quriladi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu elektr stansiyalarining umumiy quvvati 500 MVtni tashkil qiladi. Ular respublikaning 5 hududida quriladi.
Yangi dastur 8 kichik GESlarni ta’mirlash va yana 13 kichik GESlar qurish loyihalarinia ham o‘z ichiga olgan. Yangi quriladigan GESlarning umumiy quvvati 154 MVtni bo‘lib, ularning umumiy qiymati 724 million $ni tashkil qiladi.
Qayta tiklanadigan elekt manbaalari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishda 854 mln $ kompaniya mablag‘lari, 805 mln $ chet el kreditlari, 110 mln $ — O‘zbekiston rivojlanish va taraqqiyot fondi zaymi va 113 mln $ mahalliy banklar kreditlaridan foydalaniladi.
Ushbu dasturga ko‘ra 2017 yil oxiriga qadar “Qayta tiklanadigan energiya manbaalari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish ham nazarda tutilgan.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, agar yillik 8-8,5 % iqtisodiy o‘sish darajasi saqlanib qolsa, 2030 yilga qadar O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 25,5 % ga oshishi kutilmoqda.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra mamlakatda qayta tiklanadigan elektr manbaalari miqdori 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi