
Forbes reytingida eng boy rossiyaliklar orasida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov beshinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi Sof.uz sayti.
Reytingni "Novatek" va "Sibur" hammuassisisi, 18,4 mlrd dollar boylikka ega Leonid Mixelson boshqarmoqda. Umumjahon reytingida u 46-o‘rindan joy oldi.
Alisher Usmonovning boyligi esa 15,2 mlrd dollar deb baholanmoqda. Usmonov jahon boylari orasida 66-o‘rinni egalladi.
Ro‘yxatdan Mixelson va Usmonov bilan birga Aleksey Mordashov (17,5 mlrd), Vladimir Lisin (16,1 mlrd), Gennadiy Timchenko (16), Vagit Alekperov (14,5), Mixail Fridman (14,4), Vladimir Potanin (14,3), Andrey Melnichenko (13,2), Viktor Vekselberg (12,4) joy olishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar