Facebook va Google joriy yilda raqamli reklama jahon bozorida etakchilik qilishda davom etadi.
EMarketer kompaniyasi taxminiga ko‘ra, 2017 yilda Google’ning reklamadan daromadi 72,69 mlrd dollarni, Facebook’niki esa 33,76 mlrd dollarni tashkil qiladi. Kompaniyalarning bozordagi umumiy ulushi esa 46,4 foizga etadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Joriy yilda Facebook hamda Google raqamli reklama sohasidagi etakchilikni yana o‘z qo‘liga oladi hamda bu sohadagi butun dunyo bo‘yicha daromadning qariyb yarmini qo‘lga kiritishadi, ular shuningdek mobil va video segmentlarida ajoyib natijalarni ko‘rsatadi», - deya ta’kidlaydi eMarketer tahlilchisi Shilen Sham.
Ta’kidlanishicha, 2017 yilda reklama beruvchilarning raqamli reklamaga bo‘lgan sarf-xarajatlari 17,4 foizga ortib, 583,91 mlrd dollarni tashkil etadi (bu ularning umumiy reklama byudjetining 38,3 foiziga teng).
Snap ham bozordagi o‘z ulushiga ega bo‘ladi, ammo texnologik gigantlar bilan raqobatlasha olmaydi. Kutilishicha, kompaniyaning reklamadan daromadi 163,3 foizga ortib, 900 mln dollarga etadi.
Tahlilchilar fikricha, yaqin kelajakda Xitoyning uchta yirik kompaniyasi - Baidu, Alibaba va Tencent Facebook hamda Google’ga raqobatchilik qilishi mumkin. Bu uchlik daromadni raqamli va mobil reklama yordamida oshirishi katta ehtimolga yaqin.
Joriy yilda Baidu, Alibaba va Tencent’ning reklamadan umumiy yillik daromadi 35,82 mlrd dollarni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi