Qishloqlardagi ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq 1% bo‘ladi

O‘zbekiston hududlarida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida foizsiz qarzlar limiti oshiriladi va biznes subyektlari uchun soliq yuki kamaytiriladi. Xususan, “Ko‘mak” loyihasi doirasida tadbirkorlarga 130 000 000 so‘mgacha foizsiz ssudalar ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tashabbus natijasida so‘nggi olti oy ichida qishloq joylarida 120 dan ortiq xorijiy tillarni o‘qitish markazlari tashkil etildi.
Yangi tartibga ko‘ra, olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi. Shuningdek, ushbu markazlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i stavkasi 7,5 foizni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing