Dunyoda neft zaxiralari bo‘yicha eng boy davlat bo‘lgan Venesuela 23 mart kuni benzin taqchilligiga duch keldi. Erta tongdan poytaxt Karakas va boshqa shaharlardagi AYoQShlarda katta navbatlar yuzaga kela boshladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Nacional portalining ma’lum qilishicha, ko‘plab AYoQShlar benzin yo‘qligi sababli umuman ochilmagan. Karakasning o‘zida 290 ta AYoQShdan 90 tasi ishlamagan.
Mamlakat hukumati iqtisodiy taranglik avj olayotgani ortida aholini tinchlatishga harakat qildi. "Bizda etarlicha yonilg‘i bor", deb yozgan PDVSA neft kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Ismael Serrano.
Uning aytishicha, benzinning taqchilligi uning dengiz yo‘li bilan olib kelinishidagi muammolar sabab yuzaga kelgan, chunki Venesuela iste’mol qiladigan benzinning katta qismini eksport qiladi.
2016 yilda Venesuela oxirgi yillar ichida birinchi marta benzin narxini oshirgandi, biroq shundan keyin ham bu mamlakatdagi benzin dunyodagi eng arzoni bo‘lib qolgan.
Venesuelada 2016 yil 1 fevraldan 91- benzin 1 bolivar, 95-benzin esa 6 bolivar turadi. Bolivarning dollarga nisbatan rasmiy kursi bo‘yicha (1 dollar = 706 bolivar) bu narxlar dollarga chaqqanda (mos ravishda 0,0014 va 0,084 sent) hattoki bir sentni ham tashkil qilmaydi. Ayni vaqtda dollarning mamlakat "qora bozoridagi" kursi 2905 bolivarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi