Markaziy bank nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o‘sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

28 martdan e’tiboran Markaziy bank xorijiy valyutaning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Bugundan 1 AQSh dollari yana 46,91 so‘mga oshib, 3595,02 so‘mni tashkil qildi. 1 evro 83 so‘mga oshib, 3883.95 so‘mni tashkil qildi.
2 hafta oldin dollar o‘zining 3,5 ming so‘mlik qiymatni qayd etgandi.
“Darakchi plyus” tahririyati Markaziy bankka rasmiy murojaat qilib, AQSh dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan sezilarli darajada oshib borayotganligi sabablari bilan qiziqdi. Bu haqda «Darakchi.uz» xabar bermoqda.
Markaziy bank matbuot xizmatining javoblarida keltirilishicha, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, biz dollar kursi o‘sishda davom etish yoki yetmasligi hamda qancha foizga oshishi haqida qiziqdik.
“So‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursining kelgusidagi dinamikasi talab va taklif, to‘lov, xususan tashqisavdo balansi, inflatsiyaning maqsadli parametrlari, mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib – asosiy savdo hamkorlar, jumladan ularning valyuta kurslariga qarab belgilanadi”.

“Ayni damda valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish hamda bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari asosida takomillashtirishni tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda”, - deya ta’kidlanadi MB javobida.

Izohlar 0
…