10:29 / 10.04.2017
5 615

Rossiya Belarusga 1 milliard dollarlik kredit ajratadi

Rossiya Belarusga 1 milliard dollarlik kredit ajratadi
Belarus Rossiyadan taxminan 1 milliard dollarlik kredit mablag‘larini olishga umid qilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Semashko ma’lum qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

"Yana taxminan 1 milliard dollarlik kreditni yaxshi shartlarda ajratish haqida topshiriq berildi", - deya ta’kidlab o‘tdi bosh vazir o‘rinbosari Rossiya va Belarus prezidentlarining Sankt-Peterburgda 3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari haqida gapirar ekan.

Shuningdek uning ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan joriy yilda Belarusga Evroosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasining ikki kredit transhi ajratilishiga ko‘mak beradi. "Belarusga hammasi bo‘lib 600 mln. dollarlik kredit juda qulay shartlarda beriladi: past stavkalar, yaxshi muddatlar", - deya aytib o‘tdi Belarus bosh vaziri o‘rinbosari.

Avvalroq Belarus bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Matyushevskiy Rossiya hamda Belarus respublikaning 750-800 mln. dollarlik qarz majburiyatlarini qayta moliyalashtirish haqida qarorga kelishgani haqida aytib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya Belarusga 1 milliard dollarlik kredit ajratadi