OKX Janubiy Koreya bozoriga kirish uchun Coinone aksiyalarini sotib olmoqchi

Global kripto birja OKX Janubiy Koreyaning Coinone platformasidan yirik ulush sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Yonhap axborot agentligi xabariga koʻra, OKX va Korea Investment & Securities kompaniyalari Coinone aksiyalarining 20 foizini yangi emissiya hisobiga qoʻlga kiritishni rejalashtirmoqda. Ushbu bitim orqali OKX Osiyodagi eng yirik kripto bozorlaridan biriga kirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Janubiy Koreya regulyatorlari mahalliy birjalarga nisbatan nazoratni kuchaytirmoqda. Xususan, Coinone yaqinda pul yuvishga qarshi kurash (AML) qoidalarini buzgani uchun 3,5 million dollar miqdorida jarimaga tortildi va qisman faoliyati toʻxtatildi. Shunga qaramay, Coinone Upbit, Bithumb, Korbit va Gopax bilan bir qatorda mamlakatdagi eng muhim beshta kripto platformadan biri boʻlib qolmoqda.
Avvalroq Coinbase ham Coinone aksiyalarini sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq yakuniy kelishuvga erishilmadi. Hozirgi kunda mahalliy moliya guruhlari ham kripto aktivlar bozoriga faol kirib kelmoqda. Masalan, Mirae Asset Consulting Korbit birjasining nazorat paketini sotib olgan boʻlsa, Hana Financial Group Upbit operatori boʻlgan Dunamu Inc. kompaniyasiga sarmoya kiritishini eʼlon qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!