
Rossiya va O‘zbekiston federasiya hududidan neft tashish yo‘nalishlari hamda hajmini muhokama qilishni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya Energetika vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan holda Kun nashri xabar berdi.
«O‘zbekneftgaz» va Rossiya energetika vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida imzolangandi. Unga ko‘ra tomonlar turli sohalar qatori O‘zbekistonga neft etkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishgandi.
Memorandumning amaliyotini muvofiqlashtirish uchun uch tomonlama ishchi guruh tashkil qilingan.
Rossiya Federasiyasi energetika vaziri o‘rinbosari Kirill Molodsovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali neft etkazishning ikkita ehtimoliy marshruti mavjud. Uning so‘zlariga qaraganda, ular hozirda o‘rganib chiqilmoqda.
Toshkentda 13-14 aprel kunlarida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan va unda O‘zbekistonga neft etkazib berish sohasidagi munosabatlarning istiqbollari muhokama etilgandi.
Mart oyida, O‘zbekiston prezidentining Qozog‘istonga tashrifi doirasida «O‘zbekneftgaz» va «QazMunayGaz» kompaniyalari o‘rtasida neftgaz sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangandi. Unga ko‘ra, «QazMunayGaz» Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qiladi.
RossiyaO‘zbekistonNeft TashishEnergetika VazirligiO‘zbekneftgazHamkorlik BitimiUchrashuv O‘tkazishTranzit QilishQozog‘iston O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar