Amerikaning Bloomberg agentligi dunyo mamlakatlaridagi yoqilg‘i narxiga doir tadqiqot natijalarini e’lon qildi deb yozadi Kun nashri. Unga ko‘ra, 2017 yil birinchi choragida AQShdagi benzin narxi Rossiyadagidan arzon bo‘lgan. Hisobotda aytilishicha, benzin narxlari A95 navli benzin uchun ko‘rsatilgan.
Yoqilg‘i narxidagi tafovut, o‘lchov birligi sifatida Amerika galloni olinsa, yaqqol ko‘rinadi. Bir Amerika galloni 3,785 litrga teng.
Shunday qilib, AQShda bir gallon benzin 2017 yil birinchi choragida o‘rtacha 2,57 dollar turgan bo‘lsa, Rossiyada xuddi shu miqdordagi yoqilg‘i 2,58 dollardan sotilgan. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, eng qimmat benzin Hongkongda sotiladi. Bu erda bir gallon benzin 7,23 dollar turgan. Eng arzoni esa, ayni vaqtda eng kuchli iqtisodiy bo‘hronni boshidan kechirayotgan Venesuelada bo‘lib, bir litri 0,01 dollar turadi.
Tadqiqotda dunyoning 61 mamlakatidagi benzin narxlari keltirilgan. Xususan, Saudiya Arabistonida bir gallon benzin 0,91 dollar tursa, uning yonginasidagi Misrda 1,30 dollardan sotiladi. Isroilda esa ayni benzinni dunyo bo‘yicha eng qimmat narxlardan birida xarid qilish mumkin. Bu erda bir gallon benzin uchun 6,58 dollarning bahridan o‘tishga to‘g‘ri keladi.
EI mamlakatlarida bir gallon benzin narxi turlicha bo‘lib, eng qimmati Norvegiyada. U erda bir gallon benzin 6,96 dollar turadi. Shu bilan mamlakat dunyoda benzin eng qimmat ikkinchi mamlakat bo‘lib turibdi. EIdagi eng arzon benzin Bolgariyada, galloni 4,20 dollardan sotiladi.
Shu o‘rinda O‘zbekistonda A95 navli benzinning bir gallonini 4,21 AQSh dollariga xarid qilish mumkinligini ta’kidlash joiz. Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlarda bu boradagi taxminiy narxlar (bunda benzin navi noma’lum) quyidagicha*:
Turkmanistonda (1 gallon benzin) – 1,02 dollar
Qozog‘istonda – 1,77
Qirg‘izistonda – 2,30
Tojikistonda – ochiq ma’lumot yo‘q
Afg‘onistonda – 2,46
Umuman, agentlikka ko‘ra, so‘nggi 3 oyda dunyodagi benzin narxi 1,4 foizga o‘sgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi