Kripto bozoridagi pasayishga qaramay oncheyn qimor hajmi 14 mlrd dollarga yetdi

Kripto bozoridagi pasayishga qaramay oncheyn qimor hajmi 14 mlrd dollarga yetdi

TRM Labs tahliliy kompaniyasining hisobotiga koʻra, 2026-yilning birinchi choragida prognozlar bozori (prediction markets) ilk bor oncheyn qimor oʻyinlarini ortda qoldirdi. Ushbu davrda prognozlar bozori 36,6 milliard dollar hajmni qayd etgan boʻlsa, qimor oʻyinlari koʻrsatkichi 14 milliard dollarni tashkil etdi. Har ikki sektorning jadal kengayishi blokcheyn ekotizimida yangi tendensiyalarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

2025-yilda oncheyn qimor hajmi 51 milliard dollarga, prognozlar bozori esa 54 milliard dollarga yetgan edi. 2026-yilning boshiga kelib, bu ikki toifa deyarli bir xil miqyosga chiqdi. Shunga qaramay, oncheyn qimor oʻyinlari rekord darajaga yaqin koʻrsatkichlarni saqlab qolmoqda. Xususan, 2025-yilning toʻrtinchi choragida 15 milliard dollarlik tarixiy maksimal koʻrsatkich qayd etilgan boʻlsa, 2026-yilning birinchi choragida bu raqam 14 milliard dollarni tashkil qildi.

Qizigʻi shundaki, na oncheyn qimor, na prognozlar bozori umumiy kripto bozoridagi pasayish (market correction) fonida orqaga chekinmadi. TRM Labs vakilining Cointelegraph nashriga maʼlum qilishicha, sodiq foydalanuvchilar bazasining faolligi tufayli ushbu sohalar bozor pasayishidan himoyalangan va hatto oʻsishda davom etmoqda. Bu esa sohaning umumiy bozor konyunkturasiga chidamliligini koʻrsatadi.

TRM Labs tahlilchilari qimor platformalari va prognozlar bozorlari tobora koʻproq umumiy stablecoin infratuzilmasidan foydalanayotganini, biroq ularning moliyaviy jinoyat xatarlari turlicha ekanini taʼkidlamoqda. Polymarket va Kalshi kabi prognozlar bozorlari insayd savdosi boʻyicha tekshiruvlarga sabab boʻlayotgan boʻlsa, Stake, WINk va Rollbit kabi qimor platformalari koʻproq pul yuvish xavfi bilan bogʻliq.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar