O‘zbekistonda eng ko‘p mebel qaysi hududda ishlab chiqarilmoqda?

2026 yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonda mebel sanoatida sezilarli o‘sish kuzatildi. Yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan jami 2,5 trillion so‘mlik mebel mahsulotlari tayyorlangan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu natija 2025 yilning yanvar–aprel oylariga nisbatan 28,7 foizga yuqori.
Hududlar orasida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 472,5 milliard so‘mlik mebel ishlab chiqarilgan.
Farg‘ona viloyati 298,2 milliard so‘m, Andijon viloyati 280,6 milliard so‘m va Toshkent viloyati 248,3 milliard so‘mlik ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlardan joy oldi.
Namangan, Samarqand, Xorazm va Buxoro viloyatlarida ham mebel ishlab chiqarish faolligi qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida kuzatilib, u yerda 33 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlangan.

























Izohlar 0
…