Shoshilinch xabar: agar uy hayvoningiz o‘lsa, 7 kun ichida davlatga xabar berishni unutmang

O'zbekistonda 7 avgustdan boshlab uy hayvoni o'lsa yoki boshqa sabablar bilan yo'q qilinsa, uning egasi yetti kun ichida davlatga xabar berishi shart. Hayvon egasi bu haqda tuman yoki shahar veterinariya bo'limiga elektron tarzda yoxud shaxsan murojaat qilishi kerak bo'ladi. Murojaat asosida vakolatli xodim ma'lumotlarni ikki ish kunida tizimdan chiqaradi.
7 avgustdan O‘zbekistonda hayvon egalariga yangi talablar qo‘yiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hayvon o‘lsa, nobud bo‘lsa, so‘yilsa, yo‘q qilinsa yoki xorijga olib chiqilsa, uning ma’lumotlari yetti kunlik muddatda elektron hisobdan chiqarilishi lozim.
Hayvon egasi bu haqda tuman yoki shahar veterinariya bo‘limiga elektron tarzda yoxud shaxsan murojaat qilishi kerak. Murojaat asosida vakolatli xodim ma’lumotlarni ikki ish kunida tizimdan chiqaradi.
Qonunga muvofiq, identifikatsiya qilinmagan va ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash yoki ko‘paytirish mumkin emas. Har bir hayvonga alohida raqam berilib, veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi.































Izohlar 0
…