12:32 / 13.05.2017
6 368

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim kelishuvlarga erishildi, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.
12 may kuni ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvidan so‘ng hujjat imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, bunda ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha pozisiyasi bir xil yoki o‘xshashligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Hukumatlararo texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi, xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi hukumatlararo notalar almashinuvi hamda veterinariya va o‘simliklar inspeksiyasi karantini sohasida Anglashuv memorandumi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’eklari o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘barlantirish bo‘yicha Anglashuv memorandumi, qishloq xo‘jaligi sohasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan idoralararo almashinuv hamkorlik rejasi kabi qator muhim hujjatlar imzolandi.

Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini yanada rivojlantirish va ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi