Dubay shokoladidan keyin navbat Toshkent oshi shokoladiga keldi! Ta’mi kutilgandek chiqdimi?

Dubay shokoladi atrofidagi shov-shuvlardan keyin oshpazlar yangi tajribaga qo‘l urishdi. Bu safar ular shokoladni haqiqiy Toshkent oshi bilan birlashtirishga qaror qildi.
Tajriba uchun Qozog‘iston shokoladi olindi. Qolipga eritilgan issiq shokolad quyildi, ichiga esa oshning asosiy mahsulotlari, guruch, go‘sht va bedana tuxumlari solindi.
Natijada ko‘rinishi oddiy shokoladga o‘xshaydigan, ammo ichida osh bo‘lgan noodatiy desert paydo bo‘ldi. Uni tatib ko‘rish jarayoni esa har kimda har xil taassurot qoldirdi.
Qandolatchi qizga bu g‘alati aralashma yoqqan. U shokolad va osh ta’mi kutilganidan qiziqroq chiqqanini aytgan. Ammo tajribada qatnashgan yigit bunday ta’mga chiday olmagan va shirinlikni tatib ko‘rgach, paket izlab ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi kulinar tajribalar ko‘pincha muhokamaga sabab bo‘ladi. Toshkent oshi solingan shokolad ham shunday g‘oyalardan biri sifatida e’tibor tortmoqda.































Izohlar 0
…