10:30 / 15.05.2017
6 893

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar aylanmasini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar aylanmasini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi
O‘zbekiston va Xitoy yaqin yillarda o‘zaro tovar aylanmasi hajmini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda aytib o‘tdi.

Mirziyoyevning aytishicha, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi joriy yilda 5 mlrd dollarga etadi va yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmi 2 barobarga ortadi.

Mirziyoyev Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga faol ravishda investisiya kiritayotganini ta’kidlab o‘tdi. Hozirda O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 700 dan ortiqroq kompaniya va firmalar faoliyat yuritmoqda. Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga 8 mlrd dollarga yaqin mablag‘ yo‘naltirgan.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 4,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar aylanmasini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi