Huvaydo Jumayeva: "Komik aktrisa bo‘laman, deb hech o‘ylamagandim" (video)

1 daqiqa o'qish466
Huvaydo Jumayeva: "Komik aktrisa bo‘laman, deb hech o‘ylamagandim" (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa Huvaydo Jumayeva "Sevda's TV"ga bergan intervyusida yoshligida jiddiy va romantik obrazlarni orzu qilgani, biroq komik aktrisa bo‘lib tanilganini ma'lum qildi.
  • U talabalik va faoliyatining boshida hech kim kinoga chaqirmagani hamda teatrda rol tegmagani kabi qiyinchiliklarni boshdan kechirganini aytdi.
  • Agar o‘sha paytda tushkunlikka tushib qishlog‘iga qaytib ketganida, bugungi muvaffaqiyatiga erisha olmasligini ta'kidladi.

Aktrisa Huvaydo Jumayeva "Sevda's TV"ga bergan intervyusida ijodiy faoliyatining ilk yillari, orzulari va boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida samimiy fikr bildirdi.

San’atkorning aytishicha, u yoshligida komik aktrisa bo‘lishni emas, aksincha, jiddiy va romantik obrazlarni gavdalantirishni orzu qilgan.

"Peshonaga yozilgani bo‘lar ekan. Men komik aktrisa bo‘laman, deb hech o‘ylamagandim. Aslida Kumush, Juletta kabi qahramonlarni ijro etadigan aktrisa bo‘lishni istardim. Ammo chuchvarani xom sanagan ekanman. Gavda tuzilishi, xarakter, tashqi qiyofa — bularni ustozlar yaxshiroq baholaydi. Oxir-oqibat, odamning taqdirida nima yozilgan bo‘lsa, o‘sha bo‘lar ekan", — dedi u.

Huvaydo Jumayeva talabalik va faoliyatining dastlabki yillarida oson bo‘lmagan sinovlarni boshdan kechirganini ham yashirmadi.

"Bizning boshimizdan ko‘p qiyinchiliklar o‘tdi. Hech kim kinoga ham chaqirmasdi, teatrda ham rol tegmasdi. Agar o‘sha paytda tushkunlikka tushib, sabr qilmay qishlog‘imizga qaytib ketganimizda, bugun bu yerda bo‘lmasdik", — deydi aktrisa.

Uning ta’kidlashicha, san’atkor bo‘la olmagan ayrim kursdoshlari ham bugun yaxshi hayot kechirmoqda. Ammo ular qalbida armon qolgan bo‘lishi mumkin.

"San’atkor bo‘lmagan kursdoshlarimning hayoti ham yomon emas. Lekin baribir qalbida armon bor. Meni televizorda ko‘rganida buni his qilaman. Balki ular: 'Yana biroz sabr qilganimda, bugun men ham sahnada bo‘lardim', deb o‘ylashar", — deya so‘zlarini yakunladi Huvaydo Jumayeva.

Aktrisaning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokama qilinib, ko‘plab muxlislar uning matonati, sabri va mehnati bugungi muvaffaqiyatining asosiy omili bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?