Joriy yilning yanvaridan mayigacha Rossiyadan 22,4 mlrd dollar olib chiqib ketildi. 2016 yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 10,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bundan Rossiya markaziy banki saytida joylashtirilgan ma’lumotlar guvohlik bermoqda.
"Kapitalning olib chiqib ketilishi borasida o‘tgan yilga nisbatan bank sektorining xorijiy aktivlarni joylashtirish va tashqi qarzlarni uzish operasiyalari etakchilik qildi. Qolgan sektorlar iqtisodiyotga mablag‘lar jalb qilib, aksincha, kapitalning sof kirishini ta’minladi", deb aytildi bankda.
2017 yil yanvar-mayida Rossiyaning joriy operasiyalari hisobi ijobiy saldosi 27 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 1,7 barobarga oshgan.
2016 yilda Rossiyadan kapitalning sof olib chiqilishi 2015 yilga nisbatan 4 marotabaga kamayib, 15,4 mlrd dollarni tashkil qilgandi. 2015 yilda markaziy bank kapitalning sof olib chiqilishini 57,5 mlrd dollarga baholagandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi