AQShning texnologik kompaniyalari "katta beshtaligi" – Facebook, Amazon, Apple, Microsoft va Alphabet kompaniyalari 9 iyundagi savdolar natijalariga ko‘ra kutilmaganda 100 mlrd dollarga arzonlashib ketdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Apple aksiyalari 774,86 mlrd dollar kapitallashuvga ega bo‘lgan holda 3,88 foizga arzonlashdi va bir donasi narxi 148,98 dollarni tashkil qildi. Alphabet aksiyalari 665,57 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,41 foizga (bir aksiya narxi 949,83 dollar), Microsoft aksiyalari 539,61 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 2,27 foizga (bir aksiya narxi 70,32 dollar), Amazon aksiyalari 467,7 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,16 foizga (bir aksiya narxi 978,31 dollar) va Facebook aksiyalari 438,07 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,3 foizga (bir aksiya narxi 149,6 dollar) arzonlashib ketdi. Bu kompaniyalar aksiyalari umumiy hisobda 97,65 mlrd dollarga arzonlashib ketdi.
The Bahnsen Group mutaxassisi Devid Bansenning fikricha, bu kompaniyalar aksiyalari avval "aslidan ancha qimmat narxda sotib olingan". Bu yo‘qotish Apple uchun 14 oy ichidagi eng katta yo‘qotish bo‘ldi, deb ta’kidlamoqda The New York Times nashri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi