13:44 / 05.07.2017
5 889

Rubl kursining qulashi Rossiyaga 250 mlrd rubl keltirdi

Rubl kursining qulashi Rossiyaga 250 mlrd rubl keltirdi
Rossiya milliy valyutasi qadrining so‘nggi bir yarim yil ichidagi rekord darajada pasayishi o‘z zaxiralarini xorijiy valyutada saqlab keladigan Rossiya hukumati uchun foydali bo‘ldi.

Zaxira jamg‘armasi va Milliy farovonlik jamg‘armasi hajmlarini qayta hisoblash natijasida Moliya vazirligi bir oyda 247 mlrd rubl daromad ko‘rdi. Dollar kursining 2,23 rubl (3,9 foiz) va evro 3,69 rubl (5,7 foiz)ga qimmatlashgani sababli Zaxira jamg‘armasi bir oyda 54,57 mlrd rubl ko‘proq mablag‘ga ega bo‘lgan.

Milliy farovonlik jamg‘armasi mablag‘lari, o‘z navbatida, 193,2 mlrd rublga ko‘paygan. Natijada, Rossiya moliya vazirligi yilning dastlabki 4 oyi mobaynida valyuta investisiyalaridan ko‘rilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplashga erishdi.

Biroq, valyuta zaxiralari hajmi byudjet darajasidan pastroq bo‘lib qolmoqda. Shunga ko‘ra, hukumat milliy valyutani yanada qadrsizlantirishi kerak. Byudjetga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, yil oxirigacha Zaxira jamg‘armasidan 1,06 trln rubl olinadi. Hozirda uning miqdori 987 mlrd rublni tashkil etadi. Shunday qilib, jamg‘arma valyuta korzinasi yana 7,3 foizga qimmatlashishi kerak. Bu esa, bir dollar 63,2 rubl, bir evro 72,2 rublgacha qadrsizlanishini anglatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rubl kursining qulashi Rossiyaga 250 mlrd rubl keltirdi