O‘zbekiston joriy yilning oxirigacha Jizzax viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodi uchun 500 ming tonna neftni xarid qilishga tayyor. Bu haqda respublika bosh vaziri Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovga yo‘llagan maktubida xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Rossiya kompaniyalari neft oqimlarini eksportga allaqachon taqsimlab bo‘lgan bo‘lsa-da, "Rosneft" bu hajmdagi neftni etkazib berish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytildi. Bugungi kunga qadar etkazib beruvchi kompaniya bo‘yicha masala ochiq edi. Shuningdek, Qozog‘istonga neft quvurining o‘tkazish quvvatini 0,5 mln tonnaga oshirish imkoniyati ham bor, deb aytib o‘tgan nashrga Rossiya energetika vazirligiga yaqin manba.
Davlatlar o‘rtasidagi memorandum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga aprel oyidagi tashrifi davomida imzolangan. O‘shanda Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash yangi zavodi qurila boshlandi. Ayni kunda O‘zbekistonda uchta neftni qayta ishlash zavodi bor – Farg‘ona, Oltiariq va Buxoro. Nashrning qayd etishicha, xomashyo etishmovchiligi sabab zavodlar to‘la quvvat bilan ishlamayapti, qisman import xomashyosida ishlamoqda.
Biroq imzolangan hujjatga qaramay, Rossiyadan neftni etkazib berish hali boshlanmadi. Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov jarayonni tezlashtirish uchun Igor Shuvalovga maktub yo‘llab, “Rossiya kompaniyalari ishini tashkil etishda ko‘mak berishni so‘ragan”.
“Bugungi kunda o‘zbek tomoni 30 ming tonna neftni sinov tariqasida qabul qilib olish va 2017 yilning oxiriga qadar 500 ming tonnagacha neftni xarid qilishga, yillik xarid hajmini 2018-2020 yillar davrida 1 million tonnaga qadar etkazishga tayyor”, - deyiladi hujjatda.
2020 yilning oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan neftni qayta ishlash yangi zavodi yiliga 5 mln tonnagacha neftni qayta ishlashga qodir bo‘ladi. O‘zbekiston ulardan 3 mln tonnani kelajakda Rossiyadan va 2 mln tonnani Qozog‘istondan import qilmoqchi, deya ta’kidlanadi maktubda, deb yozadi nashr.
Rossiya kompaniyalari neftni energetika vazirligi har chorakda murojaatlar bo‘yicha tashkil etadigan grafik asosida eksport qiladi. Ularga jiddiy o‘zgarishlar kiritish mumkin emas, sababi “Transneft” quvur tizimi operatori quvvatlarni uzoq muddatli taqsimlashni rejalashtiradi. Biroq “Rosneft” O‘zbekiston bilan bog‘liq vaziyatda, Xitoyga mahsulot etkazib berish bo‘yicha rejalarni qurbon qilishga tayyor.
— “Rosneft” O‘zbekistonga rus neftini Omsk-Pavlodar-Chimkent quvuri orqali etkazib berish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, — deya aytib o‘tishgan nashrga neft kompaniyasida.
Rossiya nefti Qozog‘istonda tugaydigan Omsk-Pavlodar-Chimkent neft quvuridan O‘zbekistonga neft quyish temir yo‘l estakadasi orqali etkaziladi.
— Qozog‘iston orqali yo‘nalish etkazib berish uchun optimal, — deya ta’kidlab o‘tdi “Transneft” prezidenti maslahatchisi Igor Demin.
Energetika vazirligiga yaqin manbaning “Izvestiya”ga aytishicha, bu neft quvuri quvvatini nazariy jihatdan yiliga 10,3 mln tonnadan 10,8 mln tonnaga qadar oshirish mumkin. Bunda tebranishga qarshi maxsus aralashma yordam berishi ehtimolga yaqin.
— Ular neft quvurining o‘tkazish imkoniyatini gidravlik qarshilikning kamayishi hisobidan oshiradi, — deya tushuntirgan u.
Shu tariqa, kerakli bo‘lgan 500 ming tonnani O‘zbekistonga Xitoyga ziyon keltirmagan holda jo‘natish mumkin, deya xulosa qildi “Izvestiya” suhbatdoshi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi