12:03 / 07.08.2017
6 007

O‘zbekiston chakana savdo aylanmasi 49,75 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekiston chakana savdo aylanmasi 49,75 trln so‘mni tashkil etdi
2017 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston chakana savdo aylanmasi hajmi 49,75 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,1 foizga ko‘p demakdir.

Yirik korxonalarning chakana savdosi 5,25 trln so‘mni, chakana savdo tuzilmasida 10,6 foizdan iborat bo‘lgan. Bu haqda «Uzdaily.uz»ga tayanib «Kun.uz» yozmoqda.

Kichik biznes va mikrofirmalar savdo aylanmasi 9,6 foizga o‘sib, 11,413 trln so‘mga etgan. Ularning umumiy chakana savdodagi ulushi 22,9 foizni tashkil etdi.

Umumiy savdo aylanmasida yakka tartibdagi tadbirkorlarning mahsulotlar sotishi 33,082 trln so‘m bo‘lib,2016 yilning shu davriga nisbatan 11 foizga o‘sgan. Ushbu sohaning umumiy savdo aylanmasining 66,5 foizidan iborat bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Davlat mulki hisoblangan korxonalar chakana savdo hajmi 83,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 42,9 foizga oshgan.

Davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalarning chakana savdodagi hajmi 49,66 trln so‘mdan oshib, o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 11 foizlik o‘sishni qayd etgan. Uning umumiy chakana savdo aylanmasidagi ulushi 99,8 foizdir.

Chakana savdoning eng katta ulushi Toshkent shahri (21,4 foz), Toshkent viloyati (10,4), Farg‘ona viloyatiga (8,9) to‘g‘ri kelgan. Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo viloyati (1,8) Jizzax viloyati (3,4) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,4) to‘g‘ri kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston chakana savdo aylanmasi 49,75 trln so‘mni tashkil etdi