Google kompaniyasi Belarusning AIMatter nomli IT-startapini xarid qildi. AIMatter video va suratlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan Fabby ilovasining ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bu haqda «RBK»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
"Google dunyoning 14 mamlakatidagi "eng yaxshi ilovalar" reytingida birinchi o‘rinni olgan Fabby ilovasining ishlab chiqaruvchisi AIMatter startapini sotib oldi", - deyiladi kompaniya xabarida.
AIMatter startapiga 2016 yilning o‘rtasida asos solingan. Uning egalari - Mail.ru'ning sobiq vise-prezidenti Yuriy Gurskiy va Mail.ru'ning «Xaritalar» biznes-bo‘limining sobiq rahbari Yuriy Melnichek.
AIMatter'ning hammuassislaridan biri Yuriy Melnichek shuningdek MAPS.ME startapi (telefon xotirasiga yuklangan xaritalar asosida yo‘nalishlarni belgilovchi ilova)ning asoschisi hamdir.
"Jamoa (AIMatter) Google'ga qo‘shiladi, lekin kim aynan qaerga - izoh bera olmayman", - degan Melnik RBKga.
AIMatter startapi neyron tarmoqlar asosidagi texnologiyani ishlab chiqqan, u real vaqt rejimida mobil qurilmalarda videolar oqimini qayta ishlash imkonini beradi. Fabby foydalanuvchilar selfisini qayta ishlaydi, suratdagi fonni belgilaydi va uni boshqasiga almashtirish imkonini beradi.
Tomonlar shartnoma summasini oshkor qilishmagan, lekin Yuriy Gurskiy Belarusning Tyt.by portaliga shartnomadan "juda ham qoniqqani"ni ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas