Avval xabar berganimizdek, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Aminjanovich Ishmetov, MB raisining o‘rinbosari Botir Zohidov va boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etishmoqda.
Unda valyuta siyosatiga oid yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar xususida paydo bo‘lgan ayrim tushunmovchiliklar oydinlashtirilmoqda hamda OAV xodimlari savollariga javob berilmoqda.
Valyuta siyosatiga oid masalalar yuzasidan anjuman doirasida e’tirof etilayotgan ayrim fikr-mulohazalarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz...
Pul-kredit siyosati, pul mablag‘lari miqdorining o‘zgarishi — bu ichki omil. Buni boshqarish va zarur bo‘lganda ijobiy tomonga yo‘naltirish mumkin.
Pul massasi, ya’ni aylanma mablag‘lar tarkibidagi banknotlar miqdori oshishining oldini olish uchun MB stavkani 9 foizdan 14 foizga oshirdi.
Tashqi omil — eksport hajmining oshishi hamda valyuta kursining tushishiga sabab bo‘ladi. Bu ham, yuqorida ta’kidlanganidek, bozor qonuniyatlaridan biri.
Kursning holati faqat davlatga, xususan banklarga bog‘liq emas. MBning ushbu jarayondagi vazifasi — faqatgina katta tebranishlarning oldini olishdan iborat.
O‘tgan haftadagi savdolardan tushgan valyutaning bir qismi MB tomonidan sotib olingan. Bu istiqboldagi savdolarni o‘ylab qilingan samarali amaliyotdir.
Valyuta munosabatlarini erkinlashtirishni ko‘p jihatdan ijobiy baholash mumkin. Bozorda valyutani liberallashtirishning inflatsiyaga ta’siri deyarli yo‘q.
O‘tgan yili xalq iste’mol mollarining 95 foizi bozor kursida hisoblanib olib kelingan. Shu sabab, keyingi hafta yangi qaror chiqishi kutilmokda.
Unda ko‘plab mahsulotlar bojxona bojidan ozod etilishi ko‘zda tutilgan. Hozircha shakar mahsulotlari bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.
Aziz o‘quvchilar, valyuta siyosatiga oid masalalar bo‘yicha yangiliklarni hozirda davom etayotgan matbuot anjumanidan tayyorlanayotgan eksklyuziv reportajlardan bilib oling!
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas