2018 yildan pensiya uchun ma’lumotnoma yig‘ib ovora bo‘lmaysiz

2018 yilga borib, pensiya ta’minoti bo‘yicha idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etiladi.
O‘zbekistonda 2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta’minoti bo‘yicha idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19 oktyabr kuni qabul qilingan qarorida ko‘zda tutilgan. Bu haqda Norma.uz'ga asoslanib Gazeta.uz xabar bermoqda.
«Nafaqa» tizimi qog‘oz ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olishni bekor qilishi bilan keksa kishilarga qulaylik tug‘dirishi kerak. Qarorda qayd etilishicha, ushbu tizim pensiya va nafaqalarni ham o‘z vaqtida moliyalashni ta’minlab berishi lozim.
«Nafaqa» Adliya Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, «O‘zarxiv» agentligi, Oliy sud va mamlakat tijorat banklarining axborot tizimlari bilan integrasiyalanadi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining «Pensiya» dastur majmuasi pensiya va nafaqa oladigan 2,5 million pensioner va 237 ming fuqaroga tegishli yagona ma’lumotlar bazasidir.
Hukumat qarorida «Nafaqa» tizimini joriy etish reja-jadvali belgilab berildi. Tizimni joriy etishda ishtirok etadigan vazirlik va idoralarga uni to‘liq, vaqtida va sifatli amalga oshirish yuklatildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing