Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxirasi 1.92 mlrd dollarga ko‘paydi

Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxirasi 1.92 mlrd dollarga ko‘paydi
Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxirasi 1.92 mlrd dollarga ko‘paydi

Oktyabr oyining boshidan buyon Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxirasi 1.92 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligiga asoslanib Kun.uz xabar qildi.

Milliy bank raisi o‘rinbosari Nurbek Jengishning ta’kidlashicha, bu mablag‘ importni 4 oy mobaynida qo‘llab-quvvatlab turishga yetarlidir.

Bank matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, yil boshidan buyon regulyator xorijiy valyutani sotish va sotib olish bo‘yicha 19 intervensiya o‘tkazdi. Ulardan 14tasi 225.1 mln dollarlik sotish operatsiyalari bo‘lsa, qolgan 5tasi 44 mln dollarlik sotib olish operatsiyalari edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar