10:00 / 28.12.2017
7 555

Katta shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Ostrogojskaya xonim Prezidentni aldab kelgan

Katta shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Ostrogojskaya xonim Prezidentni aldab kelgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi sobiq vazir va sobiq boshqarma boshlig‘ining ish uslubini jiddiy tanqid qilgan edi.

Davlat rahbari tanqid qilgan Ella Ostrogojskaya aslida kim bo‘lgan?

Ijtimoiy tarmoqlarda Ella Ostrogojskayaning aql bovar qilmas darajada “o‘zlashtirib yuborilgan” mablag‘lari va uning chet elda o‘qib, o‘sha yerda yashab qolgan farzandi haqida bayon etilgan. Shuningdek, chet davlatlarda qimmatbaho mulklari borligi va boshqa mamlakatning fuqaroligiga ega ekanligi qayd etilgan, deb yozadi O‘zA.

Bizda bu faktlarni tasdiqlovchi aniq ma’lumotlar yo‘q. Qo‘limizdagi rasmiy ma’lumotlarga qaytamiz.

Ella Ostrogojskaya ko‘p yillar Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida respublika iqtisodiyotiga va davlat byudjetiga katta zarar yetkazgan. O‘zini xon, ko‘lankasini maydon, deb hisoblagan bu xonim byudjet profitsiti ko‘rsatkichlarini soxtalashtirish, bu orqali esa soxta obro‘-e’tibor qozonishga harakat qilgan.

Har yili hisobot yilining 15 dekabridan boshlab byudjet tashkilotlari bo‘yicha barcha turdagi harajatlarni, shu jumladan oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy to‘lovlarni sun’iy to‘xtatib qo‘ygan. Sobiq vazir bilan til biriktirib Davlat rahbariga yolg‘on hisobot berishni odatiy holga aylantirgan.

Oqibatda hududlarning rejadan oshirib bajargan daromadlari respublika byudjetiga majburan olib qo‘yilgan. Ularning ustidan hukm o‘tkazib, bosh egib kelmaguncha erkin mablag‘lar qoldig‘i ularning ixtiyoriga berilmagan.

Vaziyat shungacha borganki, Ella Ostrogojskaya sobiq vazir va Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i bilan til biriktirib, vazir o‘rinbosarlariga ham tazyiq o‘tkaza boshlagan. O‘ziga yoqmaganlarning lavozimini pasaytirgan yoki ularni ishdan bo‘shatib, qutilib qo‘yaqolgan.

Birgina misol: hududlarning moliyaviy haq-huquqlarini himoya qilgan vazir o‘rinbosarlaridan birini dastlab, Jamg‘armaga, keyinchalik eng quyi bo‘g‘inga ishga yuborgan.

Bugungi kunda haqiqat qaror topib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur shaxs munosib lavozimga tayinlandi.
Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda xalqning eng zarur ehtiyojlari umuman hisobga olinmagan.

Shu o‘rinda bir fakt: 2016 yilda Davlat byudjetidan Tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun bor-yo‘g‘i 483 so‘m ko‘zda tutilgan. Respublika bo‘yicha jami dori-darmon va tibbiyot vositalariga 229 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu raqamlarni taqqoslash uchun 2018 yil Davlat byudjeti parametrlarida Tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 5 000 so‘m yoki jami dori-darmon va tibbiyot vositalariga 915 milliard so‘m (4 baravarga ko‘p) rejalashtirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Endi tasavvur qiling: Tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 483 so‘m belgilagan bu “jonkuyalar” nahotki ketadigan xarajatlarni hisobga olmagan bo‘lsa?

Bitta shprits yoki bint ham bundan qimmat-ku?
Texnika xarajatlari, shifokorning bir kunlik mehnatini kim qoplaydi?

Aslida Tez tibbiy yordamga chaqirilgan shifokorning ko‘zingizga qarab turishiga, jamiyatimizda korrupsiyaga yo‘l ochgan shaxslar shular emasmikan?!
Bu hali bir sohaning bir yo‘nalishi. Endi davlat byudjetini tasavvur qilavering!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Katta shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Ostrogojskaya xonim Prezidentni aldab kelgan