11:13 / 28.12.2017
6 150

Moliya vazirligi tizimidan yoppasiga 562 kishi ishdan bo‘shatildi

Moliya vazirligi tizimidan yoppasiga 562 kishi ishdan bo‘shatildi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasidagi tanqiddan so‘ng, Moliya vazirligi tizimidan 24 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Moliya vazirligi tizimida kadrlardan yoppasiga voz kechish hamon davom etmoqda.

Sobiq Moliya vaziri va Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i panohida bo‘lgan va hanuzgacha tizimda ishlab kelayotgan, moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan “kalamushlar”ni haydash yuzasidan hududiy rahbarlarga qat’iy topshiriqlar berilgan, demoqda O‘zA.

23 dekabr kuni Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i hamda uning 3 nafar o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi.

Shundan so‘ng, Moliya vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar xodimlar):

G‘aznachilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar xodim):

Pensiya jamg‘armasidan 100 nafar (1 nafari rahbar xodim):

Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari xodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar xodim) jami moliya tizimi bo‘yicha 562 nafar davlat idorasi nomiga dog‘ tushirgan xodimlar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o‘rinlarini innovatsion g‘oya va fikrga ega, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan, iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi hamda iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga murojaatlar yuborildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya vazirligi tizimidan yoppasiga 562 kishi ishdan bo‘shatildi