
AQShning Dow Jones fond indeksi 2017 yilda 71-marta rekord o‘rnatdi. Bu haqda «MarketWatch»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Ekspertlarning ma’lum qilishicha, investorlar 2018 yilda bozorning kamayishida o‘ynashmaydi.
«Men nafaqat bozorlarning ijobiy dinamikasini, balki kuchli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham kutmoqdaman. Ular aksiyalar kotirovkalarini tepaga qarab harakatlantiradi», - deya aytib o‘tdi Voya Investment Management tahlilchisi Dag Kote.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 yil Amerika kompaniyalari hamda fond bozori uchun juda muvaffaqiyatli bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar