Oxirgi sutka davomida bitkoin kursi 25 foizdan ortiqqa tushib, 11 ming dollarni tashkil etdi, deb yozadi «Daryo».
Coinmarketcap portali ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 21:39 da uning minimal qiymati 10,194 ming dollarni tashkil etgan. 16 yanvar tongida kriptovalyuta 13,909 ming dollar ko‘rsatkichda savdo qilingan. Shu tariqa sutka davomida uning kursi 26,7 foizga pasayib ketdi. 2017 yil dekabridagi maksimumdan (20,09 ming dollar) kurs 50,7 foizga tushdi.
Biroq savdolarning yopilishida, Toshkent vaqti bilan 22:34 da bitkoin kursi 11,383 ming dollarga ko‘tarildi. Valyutalar kursi bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi kriptovalyuta Ethereum’da (u 16 foizga arzonlashdi) ham pasaydi, Ripple 24 foizdan ortiqqa, Bitcoin Cash 20 foizga arzonlashdi.
Avvalroq ekspertlar buni bitkoin kursi o‘sishiga umid qilgan kichik investorlar hafsalasi pir bo‘lishi, shuningdek, kriptovalyutalar tartibga solinishi haqidagi salbiy yangiliklar bilan bog‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi