date

Arzon mahsulotlar ilinjida bo‘lgan finlyandiyaliklar Rossiyaga oqib kela boshladi

Arzon mahsulotlar ilinjida bo‘lgan finlyandiyaliklar Rossiyaga oqib kela boshladi

Rossiya va Finlyandiya chegarasidagi “Imarta” o‘tish punktida 17 dekabr, chorshanba kuni besh soatlik uzun navbat paydo bo‘ldi. “Fontanka” xabariga ko‘ra, finnlar shuncha vaqt kutib, Rossiya hududiga ommaviy tarzda kirib kelishmoqda.

Xabarda aytilishicha, finnlar Rossiyada dollar kursining oshishi natijasida mahsulotlar narxining arzonlashib ketganidan foydalanib qolish niyatida.

Finnlar ayni damda Rossiya bozorlaridan yoqilg‘i mahsulotlari, elektronika buyumlari, kosmetika vositalari sotib olib, restoranlarda arzon narxlarda ovqatlanishmoqda.

Bu “sayyohlar”dan olingan intervyulardan ma’lum bo‘lishicha, ular valyutalar kurslari asl holiga qaytib, narxlar barqarorlashmagunicha va do‘konu rastalardagi mahsulotlar tugab qolmagunicha xarid qilishadi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Arzon mahsulotlar ilinjida bo‘lgan finlyandiyaliklar Rossiyaga oqib kela boshladi