2018 yilda o‘rtacha oylik 3 million so‘mdan oshadi

2018 yilda o‘rtacha oylik 3 million so‘mdan oshadi
O‘tgan yilda poytaxtda o‘rtacha oylik maosh miqdori 2 million 818 ming so‘mni, o‘rtacha oylik pensiya esa 692 ming so‘mni tashkil etgan. Bu haqda 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko‘rsatkichlariga tayanib, «O‘zA» ma’lum qildi.

Dastlabki prognozlarga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha oylik maosh 3 million 96 ming so‘mga yetkaziladi, o‘rtacha pensiyalar miqdori 805 ming so‘mdan oshadi.

Hujjatda qayd etilishicha, oylik maoshlari hajmi 2012 yildan beri uch barobar, pensiyalar ikki baravarga oshgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar