date

Rossiya Markaziy banki valyutani sotib olish va sotish orasidagi farqni cheklab qo‘yishi mumkin

Rossiya Markaziy banki valyutani sotib olish va sotish orasidagi farqni cheklab qo‘yishi mumkin

Rossiyada valyuta ayirboshlash punktlarida valyutani sotib olish va sotish kursi orasidagi farqlar – spredlar qiymati cheklab qo‘yilishi mumkin. BBC News’ning yozishicha, bunday cheklovni qo‘llash imkoniyatini Rossiya banki ehtimoldan chiqarmayapti, deb ta’kidlab o‘tdi bankning rais o‘rinbosari Mixail Suxov.

Rossiyadagi ko‘pgina banklar oxirgi kunlarda valyuta bozorida ro‘y berayotgan mujmalliklardan foydalanib, valyuta ayirboshlash punktlarida spredlar qiymatini anchagina oshirib yubordilar: xorijiy valyutani sotib olish va sotish kursi orasidagi farq 12–15 rublgacha etmoqda.

Markaziy bank 2004 yildan beri spredlar qiymatini belgilamagan edi.

Suxov, banklar yana qanday uzoq vaqt yuqori spredlarni saqlab turishlarini kuzatib, so‘ngra cheklovlarni kiritish haqida qaror qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqida gapirib o‘tdi.

“Har qanday ma’muriy choralar o‘zining ham ijobiy, ham salbiy tomonlariga ega. Agar banklarning nafslarini tiyib qo‘yish uchun qat’iyroq harakat qilish kerak bo‘lsa, biz aynan shunday qilamiz”, – deb qo‘shima qildi Suxov.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya Markaziy banki valyutani sotib olish va sotish orasidagi farqni cheklab qo‘yishi mumkin