O‘zbekiston Afg‘onistonga mahsulotlar eksporti hajmini 3 mlrd AQSH dollarigacha yetkazishi mumkin. O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Xalqro Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda shunday bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Afg‘onistonning import bozori 6,5 mlrd dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston esa, istiqbolda janubiy qo‘shnisiga ushbu hajmning teng yarmini yetkazib berishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi 617 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Bu 2016 yildagidan 18,7 foizga ko‘pdir. Bunda e’tiborli jihati shundaki, O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksporti 614,9 mln dollarga teng bo‘ldi.
Vazirning qayd etishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro tovar aylanmasni yaqin istiqbolda 1,5 mlrd dollarga yetkazishga kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi