17:38 / 02.04.2018
4 714

Markaziy bank birinchi chorakda narxlar barqarorlashganini ma’lum qildi

Markaziy bank birinchi chorakda narxlar barqarorlashganini ma’lum qildi
2018 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda iste’mol tovarlarining asosiy turlari narxlari o‘rtacha 1 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Respublika hududlaridagi narxlar dinamikasi kuzatuvi umuman olganda narxlar barqarorlashganidan dalolat bermoqda, deyiladi xabarda.
Martda kuzatilayotgan tovarlar narxining o‘rtacha darajasi pasaygani qayd etilgan, yanvar va fevralda esa tegishli ravishda 0,6 va 0,7 foizga o‘sish kuzatilgan edi.

Yanvar martda piyoz 46,4 foizga, tuxum — 23,3 foizga, shakar — 10 foizga, kartoshka — 6,2 foizga, guruch — 4,2 foizga, o‘simlik yog‘i — 3,2 foizga, bug‘doy uni — 2,2 foizga, sabzi — 1,8 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, go‘sht narxi 1,1 foizga o‘sdi.

Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari orasida kiyim-kechaklar — 4,9 foizga, oyoq kiyimlari — 3,8 foizga, televizorlar — 7,8 foizga, changyutgichlar — 4,4 foizga va sovitgichlar — 3,5 foizga arzonlashgan.

Inflyatsiya jarayonlarining bosilishiga va iqtisodiyotning iste’mol sektoridagi narxlar darajasining barqarorlashishiga birinchi chorakda ayirboshlash kursining barqarorligi saqlanishi va pul massasi o‘sishining past sur’atlari kabi omillar ta’sir qildi.

Yanvar martda ayirboshlash kursi 0,5 foizga mustahkamlandi, o‘tgan yilning shu davrida esa u 10 foizga qadrsizlangan edi. Pul massasi 1 foizga oshdi (2017 yilning shu davrida — 7,6 foizga oshgan). Muomaladagi naqd pul hajmi 6 foizdan ortiqqa kamaydi, o‘tgan yilning shu davrida esa 21 foizga oshgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank birinchi chorakda narxlar barqarorlashganini ma’lum qildi