4 776
Markaziy bank kartadan qancha miqdorda valyuta yechib olish mumkinligiga aniqlik kiritdi
O‘zbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari borasidagi so‘rovlar yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozadi Sputnik.
Bank matbuot xizmatining bildirishicha, yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin; eksport bilan shug‘ullanuvchi firma va boshqa sub’ektlar xorijiy valyutadan tushumini majburiy sotish talabisiz foydalanishlari mumkin.
Fuqarolar bank kartalaridagi xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz yechib olishlari, onlayn-tizimlar orqali o‘tkazishlari, ruxsatnomasiz 5 ming dollargacha mablag‘ni respublika tashqarisiga olib chiqishlari mumkin, faqat 2 ming dollardan ortiq mablag‘ bo‘lgan taqdirda majburiy deklaratsiyalash lozim bo‘ladi.
Yakka tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarining bankdagi hisobvarag‘idan naqd valyutani cheklanmagan miqdorda yechib olishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda shu yilning 1 noyabriga qadar tun-u kun ishlaydigan avtomatlashgan valyuta almashtirish punktlari ishga tushishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi