Davlat xaridlari bo‘yicha yagona axborot portali xarid.uz internet manzilida rasman ishga tushirildi. Endilikda portalda davlat xaridlari bo‘yicha barcha e’lonlar va ularning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan elektron auksion shakllarida o‘tkaziladi. Bu haqda Xs.uz xabar tarqatdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasida vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJni davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalining operatori sifatida belgiladi.
Elektron davlat xaridlari bo‘yicha barcha bitimlar elektron raqamli imzo (ERI) orqali tuziladi. Shuningdek, “XARID” elektron tizimiga birjaning Hisob-kitob kliring palatasiga (HKP) garov mablag‘larini kiritish orqali bitimlar ijrosini kafolatlash amaliyoti kiritilgan.
Birjada elektron davlat xaridlari masalalari yuzasidan (+998 71) 213-33-30 yoki 11-62 telefon raqamlari bo‘yicha Call-markaz xizmati faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi