Yevropa Ittifoqi statistika xizmati, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda boshqa milliy statistiklarning 2017 yil yakunlariga asoslangan ma’lumotlariga ko‘ra, turli davlatlardagi o‘rtacha maoshlar miqdori bo‘yicha reyting tuzib chiqildi.
Ushbu reytingdan 157 davlat o‘rin olgan. Birinchi o‘rinda Shveysariya joylashgan. Bu mamlakatda o‘rtacha maosh miqdori 3855 AQSh dollariga teng. Ikkinchi o‘rindagi Kuvaytda bu miqdor 3111 dollarni tashkil qiladi.
AQShda o‘rtacha maosh miqdori 3120 dollar.
MDH mamlakatlari orasida bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada - 615 dollar. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (480), Belarus (375) va Turkmaniston (320).
O‘zbekiston ushbu reytingda 118-o‘rinda joylashgan. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘rtacha maosh miqdori 235 dollarga teng.
Tojikistonda bu ko‘rsatkich 110 dollarni tashkil qiladi.
Eng past ko‘rsatkich Zimbabveda - bu yerda oyiga o‘rtacha 21 dollarga ishlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti