16:26 / 23.05.2018
3 150

Qozog‘istonning eng yirik banki O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi

Qozog‘istonning eng yirik banki O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi
Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘linmalarga ega bo‘lgan bo‘lgan, Qazkom bilan birlashuvdan so‘ng aktivlari hajmi 24 mlrd dollarni tashkil qiladigan Halyk Bank («Xalq banki») Toshkentda o‘z filialini tashkil etishi mumkin. Bu haqda Forbes-Qozog‘iston nashri ma’lumotiga asoslanib, "Xalq so‘zi" xabar berdi.

Hujjatlar to‘plami tayyorlangan, tartibga soluvchi idoraning muvofiqlashtirishi kerak, degan bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

«Halyk Group nafaqat Qozog‘istonda, balki MDH hududidagi bozorda ham katta o‘rin va ulushga ega. Biz hududiy miqyosda katta moliyaviy guruhni taqdim eta olamiz. Bizga O‘zbekiston bozori qiziq. Ha, muzokaralar olib bordik. Biz Qozog‘iston va O‘zbekiston Milliy bankiga O‘zbekistonda filial ochish uchun ruxsat olishga taqdim etiluvchi hujjatlarni to‘playapmiz», - degan Umut Shayaxmetova.

Bank rahbari O‘zbekiston bozoriga qachon kirish muddatini aytmagan. Uning qayd etishicha, Halyk Bank tezroq bu ishni amalga oshirishdan manfaatdor, biroq hujjatlar to‘plash jarayoni va tartibga soluvchi idora bilan kelishish uzoq muddatga cho‘zilishi mumkin.

Bank O‘zbekiston fond birjasida operatsiyalar amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Umuman olganda, Umut Shayaxmetovaning so‘zlariga ko‘ra, yangi bozorga kirish katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbekistonning yangi prezidenti iqtisodiy islohotlari meva bermoqda.

«Bank Qozog‘iston ishbilarmonlarida O‘zbekistonga sarmoya kiritish bo‘yicha katta qiziqish borligini ko‘ryapti», - dedi bank raisi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)