
O‘zbekistonda dollar kursi 5 sentyabrda erkinlashtirish boshlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 7912 so‘m. Bundan O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasining ma’lumotlari darak beryapti.
So‘m 2018 yil fevralidan boshlab faol mustahkamlanib bordi – bunga qadar u bir dollarga 8190 so‘mgacha arzonlashib ketgandi. Aprel oyi oxirlaridagi biroz pasayishdan so‘ng valyuta yana mustahkamlanib bordi va hozirda 7900 so‘mga yaqinlashdi.
Yevro bilan vaziyat esa biroz boshqacha, u shu hafta narxda keskin o‘sdi va 9765 so‘mgacha chiqdi. Masalan, may oyi oxirlarida u 9395 so‘mdan savdo qilingan. Yevroning o‘sishiga iyun oyidan boshlab valyuta dollarga nisbatan qimmatlashib borgani ham aloqador bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi 7 950 so‘mdan, yevro - 9 300 so‘mdan pastga tushib ketgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar