10:46 / 03.07.2018
4 773

1 yanvardan O‘zbekistonda 200 dan ortiq nomdagi tovarlarni olib kirish uchun bojlar bekor qilinadi

1 yanvardan O‘zbekistonda 200 dan ortiq nomdagi tovarlarni olib kirish uchun bojlar bekor qilinadi
1 yanvardan O‘zbekistonda yangi import bojxona bojlari stavkalari kuchga kiradi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibiga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ilovada ko‘zda tutilgan, deb yozadi Daryo.

Avvalroq e’lon qilingan hujjat loyihasi va Prezident imzolagan qarorni taqqoslaganda, ko‘plab pozitsiyalar bo‘yicha bojni to‘liq bekor qilmasdan, uni pasaytirishga qaror qilinganini ko‘rish mumkin. Masalan, palto, kostyum, erkaklar ko‘ylagi va boshqa kiyim-kechaklar, g‘isht va boshqa qurilish mahsulotlari, bijuteriya, kir yuvish mashinalari va hokazolar.

Boshqa mahsulotlarga keladigan bo‘lsak, elektr ustara, velosiped, idish-tovoq, o‘yin konsollari, videoapparatura, rakovina, ko‘chaga yotqiziladigan plitalar, tuxum, banan, quritilgan xurmo, sitruslar, qahva, yog‘, sirka, bo‘yoq va laklar, sovun, porox, gugurt, erituvchi suyuqlik, antifriz, rezina kamera, gazeta qog‘ozi kabi 200 nomdagi mahsulotlarni olib kirish uchun stavka bekor qilindi.

2019 yil 1 yanvardan 3410 ta mahsulotlar bo‘yicha import bojlari stavkalari pasaytiriladi. To‘liq ro‘yxat keyinroq e’lon qilinadi.

Avtomobillarni olib kirish uchun bojxona bojlari esa deyarli hozirda amalda bo‘lgan holatda qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1 yanvardan O‘zbekistonda 200 dan ortiq nomdagi tovarlarni olib kirish uchun bojlar bekor qilinadi