3 557
O'zbekiston Markaziy banki yangi alyansga a`zo bo'lish to'g'risida qaror qabul qildi
Markaziy bank Boshqaruvi Moliyaviy ommaboplik alyansiga (Alliance for Financial Inclusion) a`zo bo'lish to'g'risida qaror qabul qildi.
Moliyaviy ommaboplik alyansi (MOA) 2008 yili a`zo mamlakatlarga moliyaviy ommaboplik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, tajriba almashish uchun maydon yaratish orqali bank xizmatlarining dolzarb masalalari bo'yicha ishchi guruhlarini tashkil etish va o'qitish, iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish va kichik biznesni moliyalashtirishda ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan.
MOAga hozirgi paytda 104 institut kirgan bo'lib, ularning 91tasi dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari (markaziy banklar, moliyaviy regulyatorlar, assotsiatsiyalar)dir. MOA shtab-kvartirasi Kuala-Lumpur (Malayziya) shahrida joylashgan.
Moliyaviy ommaboplik alyansi Markaziy bankka xalqaro tajribani o'rganish va bank xizmatlari ommabopligini va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, shuningdek bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish uchun yetakchi ekspertlarni jalb qilishda yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi