Soliqlardan qochishning keng foydalanilayotgan yana bir “sxemasi” fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qoʻmitasining matbuot xizmati.
Soliq kodeksining 22-moddasiga muvofiq, dividendlar yuridik shaxs tomonidan uning muassislari oʻrtasida taqsimlanadigan sof foydaning yoki oʻtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi hisoblanadi.
Aniqlanishicha, 2015-2017 yillarda 1 223 ta korxona taqsimlanadigan sof foydasi boʻlmasada 270,1 mlrd soʻmlik mablagʻlarini dividend koʻrinishida hisob raqamlaridan noqonuniy toʻlab bergan. Buning natijasida davlat byudjetiga 36 mlrd soʻm soliqlar tushmagan.
Foydasi yoʻq yoki zarar bilan ishlayotgan yuridik shaxsning dividend deb toʻlab bergan mablagʻi jismoniy shaxslarga moddiy naf deb baholanib, jismoniy shaxslarning daromad soligʻi stavkasida, agar yuridik shaxslarga toʻlangan boʻlsa, ularning boshqa daromadlari tarkibiga kiritilib soliqqa tortilishi shart edi.
Masalan, xususiy korxona egasi foydasi yoʻq yoki balansida zarar boʻlgani holda 50 mln soʻm mablagʻini dividend toʻlovi deb 10 foiz stavkada soliq toʻlab hisob raqamidan olgan boʻlsa, Soliq kodeksi talabida 22,5 foiz stavkada 11,2 mln soʻm soliq toʻlashi lozim edi.
Xoʻjalik subyektlarining moliyaviy hisobotlariga tayanib, soliq organlari Soliq kodeksining 38-moddasi asosida oxirgi 5 yilda toʻlangan dividend toʻlovlarini soliqqa tortilishini kameral nazoratdan oʻtkazmoqda.
Soliq toʻlovchilar Soliq kodeksining 31-moddasi talabida soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda yoʻl qoʻygan xatolarini mustaqil ravishda tuzatish huquqiga egalar.
Xabaringiz bor, Prezidentning 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli farmoni bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab dividend soligʻi stavkasi ikki marotabaga kamaytirilib, 10 foizdan 5 foizga tushirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!